Close
Skip to main content

Urganch davlat universiteti axborot xizmati faoliyati haqida

MА'LUMOT

 

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-3775-sonli qarori hamda Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2018 yil 17 iyuldagi 625-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida Urganch davlat universitetida Аxborot xizmati faoliyati tizimli yoʼlga qoʼyilgan. Аxborot xizmati rahbari universitet matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi maqomiga ega.

2020 yil 6 iyul sanasidan Urganch davlat universiteti Аxborot xizmati rahbari sifatida Аhmedova Marhabo Farhod qizi faoliyat olib bormoqda.

Universitetda axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy moddiy-texnika vositalari, shu jumladan, foto va video yozib olish vositalari, kompyuter va planshet, yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati va boshqa zarur dasturiy mahsulotlar bilan taʼminlangan.

Urganch davlat universitetining taʼlim jarayoni, eng soʼnggi yangiliklari, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, talabalar hayoti, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda tanqidiy-tahliliy materiallar universitetning urdu.uz rasmiy veb saytini zarur maʼlumotlar, yangiliklar bilan uch tilda (oʼzbek, ingliz, rus tillarida) hamda Matbuot xizmatining feysbuk, telegram, instagram, yutub sahifalari orqali tezkorlik bilan yoritilib bormoqda.

Аxborot xizmati tomonidan universitet va ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamkorligini samarali yoʼlga qoʼyish orqali oliygoh imidjini keng jamoatchilikka namoyish qilish, universitetda amalga oshirilayotgan ishlardan aholini xabardor qilish hamda muassasa haqida xolis tasavvur uygʼotish maqsadida har oy muntazam ravishda matbuot anjumani, media-tur, brifing, ochiq muloqot kabi koʼplab media tadbirlar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, “Oʼzbekiston24”, “Oʼzbekiston”, “Madaniyat va maʼrifat”, “Yoshlar” singari markaziy, “Xorazm MTRK”, “S-Iqbol”, “8 tv” kabi mahalliy tele va radiokanallar bilan hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, universitet faoliati muntazam yoritib boriladi. Shuningdek, “Xalq soʼzi”, “Yangi Oʼzbekiston”, “Narodnoe slova”, “Pravda vostoka”, “Hurriyat”, “Xorazm haqiqati”, “Xorezmskaya pravda” kabi respublika va viloyat miqyosida chiqadigan gazeta va jurnallarda universitet faoliyati ilmiy-ommabop maqolalar orqali muntazam ravishda yoritilib borilmoqda.

Bundan tashqari, universitet matbuot xizmati doimiy ravishda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Аxborot xizmati bilan hamkorlikda ish olib boradi. Jumladan, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati bilan hamkorlikda milliy OАV va elektron nashrlarda yoritish uchun xabarnoma, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar doimiy ravishda tayyorlanib kelinmoqda.

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbarligida Oʼzbekiston boʼylab oliy taʼlim muassasalarining matbuot kotiblari bilan oʼzaro fikr almashib, aniq va tezkorlikni taʼminlash maqsadida ijtimoiy internet tarmoqlari orqali muloqot qilish uchun ijtimoiy guruhda ham oʼz faolligini namoyon qilib kelmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshligʼi D.Z.Bekchanova rahbarligida taʼlim muassasalari va davlat idora tashkilotlarining matbuot kotiblari ishtirokida tashkil etilgan yigʼilishlar, seminarlarda UrDU matbuot kotibi M.Аhmedova faol ishtirok etib kelmoqda.

 

Urganch davlat universiteti Kuzatuv kengashining 2023 yil 24 avgustdagi 3-son yigʼilishi qaroriga binoan, universitet matbuot kotibi lavozimi tugatilib, uning oʼrniga "Аxborot xizmati" boʼlimi ( 4 shtat birlik) tashkil etildi. Hozirda ushbu boʼlimda boʼlim boshligʼi M.Аhmedova bilan birgalikda bosh mutaxassis (yordamchi), yetakchi mutaxassis (montajchi) hamda ish yurituvchi (operator) lavozimlarida jami 4 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.

Boʼlim Urganch davlat universitetining tarkibiy boʼlinmasi boʼlib, universitet faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslari orqali xalqqa muntazam, toʼliq va tezkor tarzda axborot berib borish ishlarini tashkil etishni amalga oshiradi.

Boʼlim oʼziga yuklatilgan vazifa va funktsiyalarni bajarishda oʼz faoliyati sohasiga oid takliflar bilan universitet Kengashiga va universitet rektoriga murojaat qilish, tarkibiy boʼlinmalardan zarur maʼlumot va hujjatlarni belgilangan tartibda olish, oʼz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan majlislar va yigʼilishlar oʼtkazish huquqlariga ega.

Bo'lim nizomi