Close
Skip to main content

Bo‘limning asosiy vazifalari:

Bo‘lim universitetning harbiyga majbur professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va o‘g‘il bola talabalarining harbiy hisobini yuritadi.

Bunga

  • yangi ishga qabul qilinayotgan xodimni ishga qabul qilish jarayonida harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘limi (MIB)dan harbiy hisob xujjatlari xolati va hisobini tekshirish, MIB da harbiy ro‘yxatdan o‘tmagan shaxslarni harbiy ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi to‘liq hal qilinmaguncha ishga qabul qilmaslik;
  • kunduzgi ta’limda tahsil oluvchi talabalarga MIBlar tomonidan chaqiruv xatlari kelganda chaqiruvdan ozod etuvchi F-26 shakl ma’lumotnomalar berish;
  • har yili muassasa masʼul xodimlari va harbiy xizmat uchun javobgar bo‘lganlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha bronlashtirish;
  • yangi ishga qabul qilinganlar va ishdan bo‘shatilgan barcha harbiyga majburlar va chaqiriluvchilar xaqida MIBni belgilangan tartibda xabardor qilish;
  • harbiyga majburlar va chaqiriluvchilarning oilaviy axvoli, yashash manzili, ish lavozimi o‘zgarishlari bo‘yicha hisobot yozuvlarini muntazam ravishda olib borish. Yetti kun ichida ularni F T-2 shaxsiy kartalariga va zarur bo‘lganda F № 4 guvohnomasiga kiritish;
  • yillik hisobotga binoan universitet barcha professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va talabalarining harbiyga majburlar va bronlashtirilganlar soni to‘g‘risidagi maʼlumotni tayyorlash va MIB ga taqdim etish kabilar kiradi.