Close
Skip to main content

Kafedra 1997-yilda “Menejment va marketing” nomi bilan tashkil qilingan bov‘lib, unga hozirgi kunda , Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Behzod Qo`ziboyev Hamidovich rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda Iqtisodiyot kafedrasida 2 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 18 nafar PhD, dotsentlar, 1 nafar katta o‘qituvchi, 8 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 70 % ni tashkil qiladi.

Kafedrada 60410100–Iqtisodiyot, 60310500-Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60411900-Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) va 60310300-Mintaqaviy iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishlarida 1902 nafar bakalavrlar va 70410102-Iqtisodiyot, 70410110 Raqamli iqtisodiyot mutaxassisliklari bo‘yicha 43 nafar magistrlar tayyorlanadi.

2026 -yilda Iqtisodiyot kafedrasida 49 nafar professor – o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, ulardan 31 nafari asosiy shtatda ishlab kelmoqdalar.