Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Bitiruvchi yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi

 

2021-yilning 4-iyun kuni Urganch davlat universitetida bitiruvchi talabalar  bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuv Yangibozor  tumani  Xalq ta’limi bo`limining tashabbusi bilan tashkil qilinib, unda tumandagi barcha maktab direktorlari ishtirok etdilar.
 
Urganch davlat universiteti BITIRUVCHI YOSHLARIMIZ UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILDI
Mazkur uchrashuvni Marketing va talabalar amaliyoti bo`limi boshlig`i Q.Yo`ldoshev ochib berib, tadbirning mohiyatini bitiruvchilarga tushuntirib berdi hamda Yangibozor tumani Xalq ta’limi bo`limiga ushbu tashabbus uchun o`z minnatdorchiligini bildirdi.
Urganch davlat universiteti BITIRUVCHI YOSHLARIMIZ UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILDI
Uchrashuvda O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati bosh mutaxassisi  D.Xudoyberganov ishtirok etib, bitiruvchi talabalarga ishga joylashish mobaynidagi huquq va erkinlari haqida tushuntirishlar berib,  o`z huquqlari poymol bo`lish holatlari kuzatilsa murojaat qilishlari joizligini ta`kidladi.
Yangibozor tumani Xalq ta’limi bo`limi mudiri G.Jumanova hamda tumanning 31 ta maktab direktorlari bitiruvchilar bilan ochiq muloqot olib bordilar. Har maktab o`zining qaysi fanlardan  bo`sh ish o`rinlari borligini e`lon qilib, so`zga chiqqan 14 nafar  talabgor bitiruvchilar  bilan shu yerning o`zida shartnoma tuzdilar.  Bu borada talabalar ham o`z  fikr-mulohazalari, takliflari  bildirib, maktab direktorlaridan o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.
Ushbu uchrashuv kelgusida “Oliy o`quv yurtlari bitiruvchilarini ishga qabul qilishning Yangibozorcha metodi”  deb viloyatimiz va respublikada amaliyotga tadbiq etilsa ne ajab. 
Urganch davlat universiteti BITIRUVCHI YOSHLARIMIZ UCHUN YANGI IMKONIYATLAR ESHIGI OCHILDI.
UrDU rahbariyati Yangibozor tumanining maktab direktorlariga tashriflari uchun, qolaversa, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo`nalishlaridan biri bo`lgan “Yoshlar bandligini ta`minlash” siyosatiga befarq bo`lmaganliklari uchun,  Yangibozor tumani Xalq ta’limi bo`limining mudiri  Go`zal Jumanovaga o`z minnatdorchiligini bildiradi.
Ushbu uchrashuv UrDU bitiruvchi talabalari uchun ishga joylashish borasida  samarali imkoniyat bo`lganiga aminmiz.

Ulashish: