Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Suv bu hayot – uni asraylik”

Tadbirni fakultet dekani dosent X.Polvonov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida mavzuning dolzarbligi borasida to‘xtalib, bugungi tadbir epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zom dasturi orqali onlayn tarzda olib borilayotganligini aytib o‘tdi hamda fakultet dekani tadbir ishtirokchilari, mehmonlari va ishtirokchilari bilan tanishtirib o‘tdi.
Keyin so‘zni viloyat suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Sanjar Matyoqubov so‘z olib, bugungi kunda suv resurslari va ularni miqdori va sifati borasida to‘xtalib o‘tdi. So‘ng O‘zbekiston Ekologik partiyasi viloyat kengashi rais o‘rinbosari B.Qalandarov so‘z olib,  suvning ahamiyati, suv resurslari va u bilan bog‘liq tarixiy jarayonlar borasida gapirib o‘tdi. 
Shundan so‘ng kafedra mudiri S.Babajanova, kafedra dotsentlari Sh.Babadjanova va A.Masharipovlar, o‘qituvchilar X.Qurbanboeva va R.Xajievlar so‘zga chiqib, suv, suvni tejash, undan oqilona foydalanish, suv borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar va boshqalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar.
Shundan keyin mavzu yuzasidan talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Ushbu tadbir baxs-munozaralarga boy, qizg‘in savol-javoblar ostida bo‘lib o‘tdi.

Ulashish: