Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kafedra dotsenti Sh.Q.Babadjanovaning "Xorazm vohasi sharoitida soya hosildorligini barg sathiga bog'liqligi" mavzusida ilmiy - nazariy seminari

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan kafedra mudiri dots.S.Yu.Babajanova so'zga chiqib kafedra dotsenti Sh.K.Babadjanovaning "Xorazm vohasi sharoitida soya hosildorligini barg sathiga bog'liqligi" mavzusi bo'yicha llmiy-nazariy seminari to'g'risida, mavzuning dolzarbligi, ilmiy amaliy ahamiyati jihatdan bugungi ta'lim tizimi oldidagi muhim vazifalardan biri ekanligini ta'kidladi.
So'ngi yillarda soya moyiga bo'lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Oqsilbop, chorva mollari uchun yem-xashak bazasi va eng asosiysi tuproq unumdorligini oshirishda eng ajoyib xususiyatga ega ekin hisoblanadi. Ma'ruzachi seminar mobaynida soyaning biometrik ko'rsatkichlari, barg sathi bo'yicha diagrammalarda tushuntirib berdi. Bu jarayonlarni litosfera mavzusini o'tganda xorijiy olimlar va o'zlarimizni mahalliy olimlarni qilgan ishlarini misol tariqasida
ko'rsatish mumkin. Bu talabalar faolligi, ularning erkin muloqoti va ooz ustida mustaqil ishlashlariga imkoniyat yaratilishi ekologiyaning yutuqlaridan biridir.
Kafedra dotsenti Sh.K.Babadjanova tomonidan o'tkazilgan ilmiy - nazariy seminar bugungi kun talablariga to'la javob berib, ilmiy - nazariy seminar tashkil qilish, mavzuni yoritishda taqdimotdan foydalanish, tajriba ma'lumotlarini jadval
va diagramma ko'rinishida shuningdek, savol-javob tarzid,amuloqotini keng yo'lga qo'yish kabi turli xil noan'anaviy metodlar seminar samaradorligini oshirishga imkon yaratdi.

 

Ulashish: