Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kafedrasi o`qituvchisi Sattarova Fazilat Yusupboyevnaning “Qishloq xo`jaligi ekologiyasi” mavzusidagi Ochiq dars muhokamasi

kafedra mudiri S.Babajanova so`zga chiqib, ТТА “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o`qituvchisi Sattarova Fazilatning Ochiq darsi bo`yicha to`xtalib o`tdi . Amaliy mashg`uloti 2-kurs “Issiqxona xo`jaligini tashkil etish va yuritish” yo`nalishi talabalariga noananaviy tarzda o`tkazilib, unda o`qituvchi dars mashg`ulotinini pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda olib borganligini ta`kidlandi.

Shuningdek, o`tgan darsdagi mavzu yuzasidan talabalar bilan savol-javob qilinib yana bir bor qayta takrorlash qilindi. Son`gra mavzuning rejasi, maqsad va vazifalari, ko`riladigan asosiy masalalar ko`rib chiqildi. Mavzu taqdimoti yaxshi tayyorlanib, Talabalr uchun qulay va tushunarli bo`lib, darsni samarali o`tish imkoniyatini yaratganligi va qiaqacha mavzu bo`yicha videorolik va talabalarni rag`batlantirich uchun o`yin o`tkazilganligi darsni yutug`I bo`ldi. Bundan tashqari, mashg`ulot talabalr bilan bahsli munozaralar va savol-javoblar bilan tashkil etilib, dars so`ngida o`tilgan mavzu bo`yicha bilimlarni mustahkamlash uchun savollar berildi.

Shundan keyin kafedra o`qituvchisi R.Hajiyev so`zga chiqib, talabalarga yangi mavzu keng miqyosda tushuntirilganligi va o`tilgan darslar yuzasidan  savollar berilib, o`gazaki savol-javoblar orqali yetakchi tushunchalar mustahkamlanganligini qayd etib o`tdi. Mavzuga tegishli turli slaydlar yordamida ko`rgazmali materiallar namoyish etilganligi Ochiq darsni mazmun jihatdan boyitganligi hamda dars samaradorligini oshirganligini ta`kidladi. Yangi mavzuni mustahkamlash qismida bonuslar ham borligi dars jarayonini yanada qiziqarli bo`lishini ta`minladi. Bonus sifatida o`qituvchi o`qituvchi  9 ta talabaga estalik uchun kitoblar tarqatdi. 

Keyin boshqa kafedra a`zolari ham so`zga chiqib Sattarova Fazilatning talabalarga amaliy bilimlarni yuqori darajada o`tganligi, dars jarayoniga yangi pedagogic texnologiyalarni izchil q`ollab, kompyuter texnologiyasidan imkoniyat darsjasida foydalanib, talabalarga mavzuni batafsil yoritish maqsadida darsni taqdimot shaklida olib borishi, shubhasiz uning samaradorligini oshirganligini ta`kidlashdi.

Dars unumli va yuqori saviyada olib borildi. Pedagog oldiga q`yilgan maqsadga to`la erishdi. Mavzu talabalrga sodda, ravon tilda va talabalr tushunadigan tushunadigan darajada o`tkazildi. Talabalarning darsda ishtiriki va qiziqishlari faol bo`ldi. Talabalr bilan aktiv muloqot butun dars davomida olib borildi. O`tilgan dars yangi pedagogic texnologiyalarni qo`llagan holda, коmpyuterdan foydalangan holda tashkil etilgan bo`lib, u Oliy o`quv yurtlari professor-o`qituvchilariga qo`yiladigan talablarga mos keladi.

Umuman aytganda, o`qituvchi darsda oldiga qo`ygan maqsadga erishdi. Oldingi va yangi mavzuni o`zaro bog`lash bilan aqliy hujum metodidan foydalanib tushuncha va ko`nikmalarni talabalarda shakllantirishga erishdi.

Mashg`ulot davomida noananaviy usul bilan yangi pedagogic texnologiyalar : aqliy hujum, klaster, prezentatsiya usulini qo`llash talabalar bilimini qisqa vaqt ichida aniqlash va takrorlash, mustahkamlashga yordan berdi. Bundan tashqari, yangi mavzu materiallarini o`zlashtirishda dars davomida talabalrni rag`batlantirish uchun qiziqarli tarzdagi o`yinni uyushtirishi talabalarda darsga qiziqishini yanada  oshirdi va ularni ongiga to`laqonli yetib borganligi darsni yuqori saviyada olib borilganligidan dalolat beradi.

Ulashish: