Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



TABIIY FANLAR FAKULTETIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI" TASHKIL ETILDI

♻️TABIIY FANLAR FAKULTETIDA "UCH AVLOD UCHRASHUVI"  TASHKIL ETILDI

Tadbir uzoq yillardan beri Urganch davlat universitetining ilmiy salohiyatiga katta hissa qoʻshib kelayotgan olim, koʻp sonli shogirdlarga ega pedagog, biologiya sohasida qator darslik, oʻquv qoʻllanma va monografiyalar muallifi, professor Satipov Gaipnazar Matvapoyevichning 74 yillik tavallud ayyomiga bagʻishlab oʻtkazildi. 

Unda Tabiiy fanlar fakulteti “Biologiya”  kafedrasi professor-oʻqituvchilari,  magistrlari va talaba-yoshlari, ustozning shogirdlari ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda olim pand-u nasihati , katta hayot tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Xususan, pedagog shaxslar ega bo‘lishlari lozim bo‘lgan fazilatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.

G.Satipovning hayot va mehnat yo‘li har birimiz uchun katta maktab, har bir maslahati, tajribasi biz uchun takrorlanmaydigan saboqdir. 

Tadbirda talabalar oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan ustozga ehtirom koʻrsatib, tavallud ayyomi bilan qutladilar.

Ulashish: