Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



17 iyun – Butun jahon cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni

Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri dos. S.Babajanova so‘zga chiqib, Butun jahon cho‘llashish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kunining kelib chiqish sabablari va ahamiyati haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng tadbirda O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  deputati K.Jumaniyazov, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Xorazm viloyati kengashi rais o‘rinbosari B.Qalandarov,  O‘zbekiston  Ekologik partiyasi Urganch shahar kengashi partiya tashkiloti raisi Ro‘zmetov Mansurbek, Tabiiy fanlar fakulteti professor – o‘qituvchilari, universitet tyutorlar kengashi raisi R. Matchanov va talabalar ishtirok etayotganligi borasida ham gapirib o‘tdi.

Tadbirda mavzu yuzasidan Oliy Majlis deputati K.Jumaniyozov, B.Qalandarov, “Ekologiya va HFX” kafedrasi dotsenti A.Masharipovlar ma’ruza qilishdi. Umumiy jihatda ma’ruzalarda ushbu sana BMTning cho‘llanishga qarshi kurashish Konvensiyasi bilan bog‘liq bo‘lib, 1994 yilda BMTning atrof muhitni muhofaza qilish konferensiyasida qabul qilingan. Cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kunining bu galgi shiori “Qurg‘oqchilikni birgalikda yengamiz” deb nomlanib, qurg‘oqchilik keng miqyosda hosilni yo‘qotish, o‘rmon yong‘inlari va suv yetishmasligi natijasida insoniyatga zarar yetkazish nuqtai nazaridan eng vayronkor tabiiy ofatlardan biri ekanligi qayd etib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston uchun sahrolashuv va qurg‘oqchilikka qarshi kurash masalalari barqaror rivojlanishni ta’minlashda ustuvor o‘rin egallaydi. Bu borada izchil chora-tadbirlar va xalqaro loyihalar amaliyotga tatbiq etilayapdi. Xususan, yurtimizda 2017 yildan buyon CADI “Markaziy Osiyodagi cho‘llar bo‘yicha tashabbus” loyihasi ham amalga oshirilganligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Tadbir baxs-munozaraga boy,  qiziqarli va mazmunli tarzda o‘tildi.

Ulashish: