Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



XALQARO HAMKORLIK | JANUBIY KOREYANING SILLA UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK OʻRNATILDI

2022-yilning 22-oktabr kuni Janubiy Koreyaning Silla universiteti Vitse prezidenti professor Pyeoungkee Kim, Xalqaro hamkorlik boʻlimi direktori professor Hyung Geun Kim, Koreys tili mutaxassisi,  koreyscha kontentni rivojlantirish bo'yicha  professor Jeong Seonlar Urganch davlat universitetiga  tashrif buyurishdi.

Tashrif avvalida UrDU rektori B.Abdullayev bilan uchrashdilar. Shuningdek, uchrashuvda UrDU tomonidan Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri J.Ermetova va Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i E.Yoʻldoshevlar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar oʻzaro universitetlarning bugungi kundagi faoliyatlari haqida maʼlumot almashdilar. Jumladan, UrDU rektori B.Abdullayev Koreya universitetlari bilan xalqaro aloqalar kengayib borayotganligi,  koreys tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish yoʻlga qoʻyilgani va universitetda koreys tilini rivojlantirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar xususida gapirib oʻtdi hamda Silla universiteti bilan hamkorlikni oʻrnatish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi: Koreyashunoslik va tillar ta’limi yoʻnalishini ochish, turizm, mashinasozlik, IT sohalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanayotgan yoʻnalishlarning talabalariga koreys tilini oʻqitishda professor-oʻqituvchi jalb qilish.

Muloqot chogʻida Silla universitetda oʻqishni xohlovchilarning oʻqishini koʻchirish, qoʻshm taʻlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, grantlar ajratish, Topik boʻyicha seminarlar tashkil etish masalalari ham muhokama qilinib, Urganch davlat universiteti va Janubiy Koreyaning Silla universiteti oʻrtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ulashish: