Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



XORIJLIK MUTAXASSISLAR BILAN XAYRLASHUV

 2022-yil  3- noyabr kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi bilan xalqaro  hamkorlik aloqalari o’rnatgan Malayziyaning Kebangsan universiteti professor-o’qituvchilari Dr. Melor MD Yunus, Dr. Harvati Hashim va Dr. Hanita Hanim Ismail bilan hayrlashuv bo’lib o’tdi. 
              Xorijlik mutaxassislarimiz oktabr- noyabr oylarida xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarga ingliz tilini o’qitishda xorij tajribasida qo’llanilayotgan eng so’nggi pedagogik  texnologiyalar orqali qiziqarli dars mashg’ulotlarini olib borishdi. Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari uchun ham ingliz tili va adabiyotini o’qitishda eng so’nggi axborot texnologiyalaridan foydalanib dars o’tish bo’yicha bir nechta samarali seminarlarni tashkil qilib berishdi.
             Xayrlashuv so’nggida Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z. Jumaniyazov va Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri J. Ermetova mehmonlarga o’z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi va xalqaro hamkorlik yanada uzoq va muvaffaqiyatli davom etishiga tilak bilidirishdi.

Ulashish: