Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Universitet malikasi”

Joriy yil 30-noyabr kuni UrDU Xotin-qizlar maslahat kengashi, “Qizlarjon”, “Lider qizlar” klublari hamda O‘zLiDeP hamkorlikda “Tazyiq va zo’ravonlikka qarshi kurash” haftaligi doirasida “Universitet malikasi” koʼrik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovni UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev ochib berdi.

Tanlovda 9 ta fakultetning iqtidorli qizlari 4 ta shart bo’yicha oʼzaro bellashdilar. Hakamlar hayʻati xulosasiga koʻra, barcha shartlarni muvaffaqiyatli bajargan O’zbek filologiyasi fakulteti, Rus tili va adabiyoti ta’lim yo’nalishi talabasi O‘tegenova Muhabbat “Universitet malikasi” deb e’lon qilindi va  universitet tomonidan diplom, qimmatbaho sovg’a-planshet hamda hamkor tashkilot O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Ulashish: