Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Astraxanda Alisher Navoiy xotirasiga bag'ishlangan adabiy tadbir to`g`risuda

          Joriy 20-fevral kuni Astraxan viloyati Madaniyat vazirligi, Astraxan viloyati "O'zbekiston" o'zbek madaniyati jamoatchilik tashkiloti va Astraxan viloyat xalq madaniyati ilmiy-metodik markazi tashkilotchiligida "Tarixning muhim bosqichlari" nomli madaniy-ma'rifiy loyiha doirasida sharqning buyuk shoiri, mutafakkir Alisher Navoiy xotirasiga bag'ishlangan adabiy-musiqiy kecha o'tkazildi.

          Unda UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri S.Ruzmetov, Yoshlar bilan ishlash masalalari bo'yicha dekan muovini N.Atajonova, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Jumaniyozova hamda fakultet tyutorlari boshchiligidagi talabalar ZOOM platformasi orqali ishtirok qilishdi.

         Bundan tashqari, Rossiyaning Astraxan shaxrida o`tkazilgan navoiyxonlik tadbiri haqidagi lavha  Rossiyaning  ЦЕНТЕР НОВОСТЕЙ ko`rsatuvi  orqali efirga uzatildi. Lavhada Astraxan  davlat universitetida buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag`ishlangan adabiy-badiiy kecha bo`lib  o`tganligi, mаktаbo`quvchilari va talabalar o`zbek va rus tillarida shoirning g`azallaridan namunalar  o`qiganlari ва milly ashula va raqslar ijro etganlari  to`g`risida va ushbu tadbirda O`zbekistonlik ishtirokchilar online rejmda qo`shilganlri to`g`risida gapiriab o`tildi.

Ulashish: