Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni o'tkazildi

Joriy yilning 20-aprel kuni talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etdi. 

Tanlov O'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Erkin Samandarning "Sulton Jaloliddin", rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Ivan Sergeyevich Turgenevning "Arafa" ("Накануне") asarlari yuzasidan tuzilgan shartlar asosida olib borildi.

Tadbir davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 221-guruh talabalari tomonidan taqdimot, sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar namoyish etildi.

Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ulashish: