Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Xorazm viloyati delegatsiyasi Istanbul Texnika universitetida boʻldi

4-iyul kuni kunning ikkinchi yarmida delegatsiya aʼzolari Turkiyaning eng nufuzli universitetlaridan biri boʻlgan, dunyoning TOP-500 talik oliygohlari reytingidan joy olgan (Qs World University rankings-326) Istanbul Texnika universitetiga tashrif buyurishdi.

Xorazm viloyati hokimi J.Raximov boshchiligidagi delegatsiyani Istanbul Texnika universiteti rektori Prof.Dr. İsmail Koyuncu mamnuniyat ila kutib oldi. Shundan soʻng, tomonlar oʻrtasida rasmiy muloqot boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim tizimidagi islohotlar haqida soʻz yuritilib, Oʻzbekistonda texnika va muhandislik sohalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi. Bu borada Urganch davlat universitetida olib borilayotgan tizimli ishlarga toʻxtalib oʻtildi. Rektor Baxrom Abdullayev muhandislik sohasini rivojlantirish borasidagi fikrlarini ilgari surib, Istanbul Texnika universitetini hamkorlikka chorladi.

Shuningdek, uchrashuvda rektor B.Abdullayev Istanbul Texnika universiteti rahbariyatini videolavha va taqdimot orqali Urganch davlat universiteti bilan yaqindan tanishtirdi.

Ushbu nufuzli oliygohga tashrif natijasi oʻlaroq, Urganch davlat universiteti hamda Istanbul Texnika universiteti oʻrtasida muhandislik sohasida hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish hamda ilmiy yoʻnalishda hamkorlik qilish borasida shartnoma imzolashga kelishib olindi.

 

Ulashish: