Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Germaniyaning Myunster universiteti Germanistika instituti professor-o'qituvchilari Urganch davlat universitetida bo’lishdi

Bugun, 15-avgust kuni Germaniyaning dunyo reytingida top 300 talik universitetlar qatoridan o'rin egallagan Myunster universiteti Germanistika instituti professor-o'qituvchilari Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida Germanistika instituti vakillari bilan universitet rektori B.Abdullayev boshchiligida oliygoh rahbariyat a’zolari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Dastlab uchrashuvda rektor B.Abdullayev tomonidan Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, oʻquv jarayonlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy sohadagi faoliyati, erishilgan yutuqlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumotlar berildi.

Aytish joizki, Urganch davlat universiteti Germaniyaning Myunster universiteti bilan ilmiy tadqiqot va ta’lim sohasida Anglashuv memorandumi va Erasmus+ dasturining Xalqaro kredit mobillik loyihasi doirasida shartnoma imzolagan. Muloqotda kelgusida ham ushbu hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantish borasida fikr-mulohazalar yuritildi.  Xususan, UrDU tomonidan talabalar uchun hamkorlikda yozgi maktablarni tashkil etish, talabalar almashinuv dasturlarini ko'paytirish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish takliflari berildi.  Shuningdek, 2024/2025 o'quv yilida Xorijiy filollogiya fakultetining 2 nafar talabalari Erasmus+ xalqaro kredit mobilik loyihasi doirasida ushbu universitetga taklif qilingani aytib o'tildi.

O‘z navbatida, mehmonlar ham Urganch davlat universiteti bilan yaqindan hamkorlik qilishdan mamnunligi bildirib, amalga oshirilib kelinayotgan professor-o'qituvchi va talabalr almashinuv dasturlari bugungi kunda o’z samarasini berib kelayotganini qayd etishdi.

Ulashish: