Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Gʻarbiy va Markaziy Osiyo uchun resurs tejamkor qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro trening oʻz ish faoliyatini boshladi

26-30 avgust kunlari О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi PQ-233-son qarorida belgilangan vazifalar asosida “Iqlim o‘zgarishiga nisbatan barqaror ekotizmni yaratish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq xavflarga moslashuvchanligini oshirish” maqsadida Xalqaro CIMMYT tashkiloti bilan hamkorlikda o‘quv-seminarlari o’tkazilishi belgilangan.

Bugun, 26-avgust kuni Urganch davlat universiteti tashabbusi bilan Urganch shahridagi “Fayz” mexmoxonasida “Qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash” bo‘yicha xalqaro o‘quv-seminari o’z ish faoliyatini boshladi. Seminarda Xalqaro bug‘doy va makkajo‘xorini rivojlantirish markazi (CIMMYT) ning hindistonlik ekspertlari, Urganch davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo’limi, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti dekani J.Ruzimov boshchiligida fakultet professor-oʻqituvchilari, doktorant va magistrlari, shuningdek, Xorazm Agro xizmatlar markazi vakillari hamda viloyat fermerlari ishtirok etmoqda. Seminarni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Gʻ.Oʻrazboyev kirish so’z bilan ochib berdi. 

Ayni paytda kun tartibidan o’rin olgan mavzular bo’yicha ma’ruzalar bo’lib o’tmoqda.

Ulashish: