Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Xalqaro hamkorlik

Turkiya Respublikasining Gazaintep universiteti Huquq fakultetidan professor Emine Koban joriy yilning 11-sentabridan 4-oktabrigacha Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Huquq kafedrasi talabalariga dars mashg‘ulotlari olib borish maqsadida oʻzining hamrohi, turizm sohasi boʻyicha mutaxassis Koban Engin bilan birgalikda universitetda boʻlib turibdi.

13-sentabr kuni mehmonlar bilan Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayevning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Samimiy muloqotda rektor Urganch davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati haqida, Turkiya oliy taʼlim muassasalari bilan aloqalari haqida maʼlumotlar berdi.

Muloqot davomida Gazaintep universiteti bilan ta'lim va ilmiy tadqiqot sohasida shartnoma imzolash, biraglikda Erasmus+ dasturining tanlovlarida ishtirok etish, birgalikda taʼlim dasturlari ishlab chiqish singari masalalar muhokama etilib, kelishib olindi.

Ulashish: