Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Ilmiy-uslubiy seminar

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Ingliz tili va adabiyoti " kafedrasida 30-yanvar kuni 448-xonada navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.Ilmiy-uslubiy seminarda "Ingliz Tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari va magistratura bosqichi talabalari qatnashdilar.Seminarda kafedra o'qituvchisi Matnazarova Xayriniso Satimboy qizining "Diskurs tenorining pragmatik imkoniyatlari "(U.Shekspir komediyalarining o'zbek tiliga tarjimalari) mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. Kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar. Ilmiy-uslubiy seminarlarning tashkil etilishi nafaqat professor-o'qituvchilarga, balki magistratura bosqichi talabalariga ham foydali ekanligi ta'kidlab o'tildi.

 

Ulashish: