Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



UrDUda "Koreya madaniyati" haftaligi boshlandi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Koreyaning Soon Chun Hyang universiteti bilan hamkorlikda 3-8 fevral kunlariga mo’ljallab tashkil etilgan "Koreya madaniyati" haftaligi boshlandi. 

Ochilish marosimida ikki universitet vakillari, Xorijiy filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari, Koreys tili taʼlim yoʻnalishi talabalari hamda mehmonlar ishtirok etishdi. Marosim Koreya va O‘zbekistonning do‘stona hamkorligini aks ettiruvchi iliq tabrik so‘zlari bilan boshlandi.

Dastlab Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori G‘.O‘razboyev so’zga chiqib, Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida to’xtaldi, mazkur loyiha oliygohimizda 3 yildan beri oʻtkazilib kelinayotganligini hamda ta’lim va madaniyat sohasidagi hamkorlik muhimligini ta’kidladi. Ushbu haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Ochilish marosimida Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyazov, mazkur loyiha rahbari dots. J.Ermetova, Koreys milliy-madaniy markazi direktori Antonina Kim hamda Soon Chun Hyang universiteti oʻqituvchisi Miyoung Park oʻz nutqlari bilan chiqish qilib, mazkur hamkorlikning ahamiyati, an’anaviy tusga aylangan ushbu tadbirning chet tillarini o’rganishga, ayniqsa, talabalarning koreys tilida gapirish mahoratini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlashdi. Bu kabi tadbirlar ikki xalq o’rtasida doʻstlik va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga turtki bo’lishini e’tirof qilishdi.

Tadbirning badiiy qismida Urganch davlat universiteti hamda Soon Chun Hyang universiteti talaba-yoshlari tomonidan ikki xalqning urf-odat, an’ana va madaniyatlarini aks ettirgan kuy-qo’shiqlar, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, koreyalik mehmonlar tomonidan namoyish etilgan K-pop raqslari va musiqiy Taekvondo chiqishlari ishtirokchilarga yuqori kayfiyat ulashdi.

Bu kabi xalqaro hamkorliklar nafaqat talabalar uchun yangi bilim va ko‘nikmalar, balki madaniy almashinuv imkoniyatlarini ham taqdim etadi.

Ulashish: