Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



UrDU da "Talabalar ligasi" sport musobaqasining voleybol bo’yicha hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tdi

Bugun, 22-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Sport klub tashabbusi bilan "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining voleybol bo’yicha o’g’il bolalar va qizlar o’rtasida hududiy saralash bosqichi bo’lib o’tdi. 

Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish orqali ularni jismoniy hamda intellektual jihatdan kamol toptirish, jismoniy qobiliyatini, harakat faolligini takomillashtirish, mehnatga layoqatini oshirilish maqsadida liga Nizomiga ko'ra sport musobaqalari bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Musobaqada viloyatimizdagi to’rtta davlat oliy taʼlim muassasalari: UrDU, UrDPI, TTA UF hamda TATU UF talaba-yoshlari ishtirok etib, g’oliblik uchun shiddatli va qizg’in bellashuvlar olib bordilar.

Jarayonlar avvalida Sport klub raisi oʻrinbosari M.Rahimov va Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti o’qituvchisi, voleybol bo’yicha "Yilning eng yaxshi murabbiysi" nominatsiyasi g’olibi N.Ro’zmetovlar jamoalarni qonun-qoidalar bilan tanishtirdilar. 

Natijalar quyidagicha:  
UrDU – 1-o’rin (o’g’il bolalar va qizlar o’rtasida);
UrDPI – 2-o’rin (o’g’il bolalar va qizlar o’rtasida);
TTA UF – 3-o’rin (o’g’il bolalar va qizlar o’rtasida).



















Ulashish: