Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Ilmiy seminar

2020 yilning 6 fevral kuni 10:00 da Filologiya fakulteti binosidagi 1-ma‘ruzalar   zalida  Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD. 03/30.12.2019. Fil.55.02 raqamli filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi  boʻlib oʻtdi. Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti oʻqituvchilari- Babadjanov Mansurbek Qurbanbayevichning "Mintaqaviy frazemalarning badiiy matnda qoʻllanishi" hamda Qilichov Nazarbay  Radjapboyevichning “Qadimgi turkiy til leksikasi taraqqiyoti (“Oltin yorugʻ” misolida)” mavzularidagi 10.00.01 – Oʻzbek tili ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyalarining dastlabki muhokamasi oʻtkazildi. Ushbu seminarda Filologiya fakultetining professor-oʻqituvchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrantlari, shuningdek, boshqa  fakultetlardan tashrif buyurgan qiziquvchilar ham ishtirok qilishdi. Ushbu muhokama qiziqarli tarzda, savol-javob va munozaralarga boy holda boʻlib oʻtdi. Tadqiqot ishlari seminar a’zolari va ishtirokchilari tomonidan ijobiy baholanib, ularni keyingi bosqichga - ixtisoslashgan kengashga topshirish uchun tavsiya etildi.2020 yilning 6 fevral kuni 10:00 da Filologiya fakulteti binosidagi 1-ma‘ruzalar   zalida  Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD. 03/30.12.2019. Fil.55.02 raqamli filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash huzuridagi ilmiy seminarning navbatdagi yigʻilishi  boʻlib oʻtdi. Unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti oʻqituvchilari- Babadjanov Mansurbek Qurbanbayevichning "Mintaqaviy frazemalarning badiiy matnda qoʻllanishi" hamda Qilichov Nazarbay  Radjapboyevichning “Qadimgi turkiy til leksikasi taraqqiyoti (“Oltin yorugʻ” misolida)” mavzularidagi 10.00.01 – Oʻzbek tili ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyalarining dastlabki muhokamasi oʻtkazildi. Ushbu seminarda Filologiya fakultetining professor-oʻqituvchi, doktorant, mustaqil izlanuvchi va magistrantlari, shuningdek, boshqa  fakultetlardan tashrif buyurgan qiziquvchilar ham ishtirok qilishdi. Ushbu muhokama qiziqarli tarzda, savol-javob va munozaralarga boy holda boʻlib oʻtdi. Tadqiqot ishlari seminar a’zolari va ishtirokchilari tomonidan ijobiy baholanib, ularni keyingi bosqichga - ixtisoslashgan kengashga topshirish uchun tavsiya etildi.

Ulashish: