Close
Skip to main content


Bugun 22 aprel kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar boʻlib oʻtdi .

Seminarda kafedra stajyor-o‘qituvchisi Karimboyeva Nafosat Yunus qizi "Fransuz tilida frazeologik birliklar transformatsiyasining mualliflik uslublari" mavzusida ma’ruza qildi.

Seminar davomida fransuz tilidagi frazeologik birliklarning til tizimidagi o‘rni, ularning semantik va stilistik xususiyatlari, shuningdek, badiiy matnda muallif tomonidan qayta ishlanish jarayonlari ilmiy jihatdan yoritib berildi.

Shuningdek, ma’ruzada frazeologik transformatsiyaning lingvopoetik ahamiyati, uning obrazlilikni kuchaytirishdagi o‘rni va matnning estetik ta’sirchanligini oshirishdagi roli alohida ta’kidlandi.

Ishtirokchilar tomonidan mazkur masalaning nazariy asoslari, tarjima jarayonidagi o‘ziga xos jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: