Bugun 15-aprel kuni soat 14.00da Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman-german filologiyasi" kafedrasida navbatdagi ilmiy-nazariy seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda 2-bosqich magistranti Shonazarova Sevinchoy Davronbek qizi o‘zining “Fransuz va o‘zbek adabiyotida stilistik figuralarning qo‘llanilishi (Stendalning “Qizil va qora” asari misolida)” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
Seminar davomida tadqiqotchi stilistik figuralarning badiiy matndagi o‘rni, ularning estetik va ifodaviy imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Xususan, Stendal ijodida qo‘llanilgan metafora, epitet, taqqoslash kabi usullar tahlil qilinib, ular o‘zbek adabiyoti namunalari bilan qiyosiy jihatdan yoritildi. Ma’ruzada stilistik vositalarning muallif g‘oyasini ochib berishdagi roli alohida ta’kidlandi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi va ilmiy tavsiyalar berildi. Tadqiqotning dolzarbligi va amaliy ahamiyati e’tirof etildi.