Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Kafedraning 2018-2019 o’quv yilidagi xalqaro aloqalari

Roman-german filologiyasi kaferdasi uchun ushbu o’quv yili juda samarali o’tdi. 2018 yil sentabr, oktabr oylarida Germaniyada SES tashkiloti orqali ikkita o’qituvchi, Wilhelm Rottmann va Helga Lefelmann, nemis va fransuz tillaridan dars berdi.

Bundan tashqari Toshkentdagi Germaniya elchixonasi va Goethe Instituti tomonidan germaniyalik o’qituvchi, Simon Kretschmer, Grajinya Vetulani, va shoirlar, Ilya Trojanov, seminarlar va ma’ruzalar o’tqazishdi.

Bu yil kafedraning 4 nafar o’qituvchilari Germaniyaning DAAD va Goethe Institut kabi tashkilotlari stipendiyalari sohibi bo’lishdi.

Jumladan, Jumaniyozova Dilnoza DAAD stipendiyasini yutib olib, ilmiy ishini yozish uchun 3 oy muddatga, oktabrdan yanvargacha Germaniyaning Mannheim shahrida bo’lib qaytdi.

Kafedrani katta o’qituvchisi Sapaeva Rayhon, Matkarimov Arslon va Yusupova Chamangul Goethe Institut stipendiyalarini yutib iyul va avgust oyarida Berlin, Hambur va Dresden shaharlarida malaka oshirib qaytishadi.

2 kurs talabasi Bobojonova nargiza, 3 kurs talabalari Rahimov Nodir va Maratova Kumush DAAD stipediyasi ytib olib avgust oyida Germaniyadagi yozgi til kurslarida qatnashib kelishadi.

Ulashish: