Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Germaniyalik professor Urganch davlat universitetida

Germaniyalik professor Dierk Andresen Urganch Davlat Universiteti Turizm va Iqtisodiyot fakulteti talabalari bilan mashg`ulot darslarini olib bormoqda. Dierk Andresen turizm va restoran boshqaruvi sohalarida katta malakaga ega ekspert hisoblanadi. U o`zining Urganchga tashrifi mobaynida Urganchdagi restoranlar, ulardagi menyu va xizmatlar bo`yicha loyihalarni ishlab chiqish niyatida. Uning fikricha, Urganchga tashrif buyuradigan har qanday turist restoranlarning xizmatlari va maxsus taomlarini o`zida aks ettirgan broshyura bilan ta`minlanishi kerak. Shuni inobatga olgan holda talabalar Urganch shahridagi 16 ta eng mashxur restoranlarga tashrif buyurishdi va natijasi juda samarali bo`ldi. Jumladan, loyihani ishlash davomida bir qancha restoran menyulari o`zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilindi va ular haqida ajoyib broshyuralar yaratildi. Bu broshyuralar turfirmalar, restoranlar, aeraport va turistlar axborot markazlariga tarqatilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, talabalarimiz Urganch shahar xaritasi ustida ham juda faol ishlashyapti. Bu xarita turistlar uchun o`zlarining sayohatlari davomida diqqatga sazovor joylar haqida ma`lumotga ega bo`lishlari uchun juda samarali vosita sifatida xizmat qiladi. Xarita, asosan, tarixiy qadamjolar va eng mashxur joylarni o`z ichiga oladi.

Ulashish: