Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


Oʼzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.А.Karimovning 2001 yil 18 yanvardagi “Milliy istiqlol gʼoyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani boʼyicha taʼlim dasturlarini yaratish va Respublika taʼlim tizimiga joriy etish toʼgʼrisida”gi Farmoyishiga asosan 2000-2001 oʼquv yilining 2-chi yarmidan mazkur fan Oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura mutaxassisligining barcha yoʼnalishlarida oʼqitila boshlandi.
2001-2002 oʼquv yilidan boshlab “Milliy istiqlol gʼoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari” bakalavriat yoʼnalishi tashkil qilindi. Kafedra ham shu davrdan boshlab “Falsafa”, “Falsafa va huquq”, “Oʼzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va milliy gʼoya”, “Milliy istiqlol gʼoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari”, 2012 yildan esa “Milliy gʼoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi” nomi bilan mutaxassis kadrlar tayyorlovchi kafedra sifatida faoliyat koʼrsatmoqda.