Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari


GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR KAFEDRASI TARIXI

 

Urganch davlat universiteti Texnika fakulteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasiga “Geografiya” kafedrasi tarkibida asos solingan boʻlib, 2013-2014 oʻquv yilidan boshlab “Geodeziya, kartografiya va kadastr” taʼlim yoʻnalishida bakalavrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. 2015-yildan boshlab yangi taʼlim yoʻnalishi ochilishi munosabati bilan “Geografiya” kafedrasi “Geodeziya, kartografiya, geografiya”kafedrasi deb qayta nomlandi.

2023-2024 oʻquv yildan boshlab “Geodeziya, kartografiya, geografiya” kafedrasi negizida “Geografiya” va “Geodeziya, kartografiya va kadastr” kafedrasi tashkil qilinib, kafedra mudiri lavozimiga g.f.n. dots. S.A.Avezov tayinlandi. Hozirgi kunda kafedrada 20 dan ortiq professor–oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqda,

Bugungi kunga kelib, kafedrada 1 ta 60722500 – “Geodeziya, kartografiya va kadastr” bakalavriat taʼlim yoʻnalishilari boʻyicha kunduzgi va sirtqi boʻlimlarida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu taʼlim yoʻnalishlari kunduzgi boʻlimida 250 dan ortiq, sirtqi boʻlimida esa 300 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. 70722502 –Geodeziya va kartografiya magistratura mutaxassisligi boʻyicha 2020 oʻquv yilidan boshlab, talabalar qabul qilinib bugungi kunga kelib 20 dan ortiq mutaxasislani tayyorlandi. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, yaʼni tayanch doktoranturaning (PhD) hamda doktorantura (DSc) kafedra negizida tashkil etilgan boʻlib, ushbu ixtisosliklarda doktorant va mustaqil tadqiqotchilar Geodeziya, kartografiya sohalari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.

Kafedrada ilmiy va oʻquv grantlari loyihalarini yozish, xoʻjalik shartnomalari tuzib ishlash hamda yirik fundamental hamda innovatsion loyihalarni tayyorlash yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Kafedrada Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi boʻyicha “Markaziy Osiyoda atrof-muhitni muhofaza qilish: tabiiy ofatlar salbiy taʼsirini fazoviy tadqiqotlar orqali yumshatish” mavzusidagi, 2017-2021 yillarni oʻz ichiga oluvchi, umumiy qiymati 911 576, 80 yevro boʻlgan loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi. Loyiha doirasida Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlari Shvetsiya, Portugaliya, Gretsiya, Litva nufuzli universitetlarining professor oʻqituvchilari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.

Kafedra doktoranti M. Sultanov Between Europe and the Orient – A Focus on Research and Higher Education in/on Central Asia and the Caucasus ilmiy loyihasida “Environment, natural resources, and renewable energies – Interdisciplinary transboundary research on human-environmental interactions” yoʻnalishidagi postdokturantura boʻyicha “Optimization of Crop Modeling using synthetic high-resolution time series (OPCM)” mavzusida Galle shahridagi Martin Luther University Halle-Wittenberg universiteti “Geoekologiya kafedrasi” bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

2021-yildan boshlab kafedra katta oʻqituvchisi U.Qalandarov va I.Gulimmatovlar doktorlik (PhD) dissertatsiyasi izlanishlari uchun doktoranturaga qabul qilinib, oʻz ilmiy ishlarini davom qildirmoqdalar.

Kafedrada oʻquv metodik ishlar ham keng miqyosda olib borilmoqda. Professor oʻqituvchilar tomonidan Kartashunoslik, Geodeziya GAT, Fotogrammetriya va yerni masofadan zondlash kabi fanlardan oʻquv uslubiy qoʻllanmalar hamda amaliy-laboratoriya ishlanmalari tayyorlanib nashr qilingan.

Xulosa qilib aytish mumkinki, kafedrada faoliyat yuritayotgan yetuk olimlar tomonidan globallashuv sharotida, Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yuksaltirish, yosh avlodni tarbiyalash va ular bandligini taʼminlash jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda, fanning geodeziya, kartografiya va kadastr yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini izchil davom qildirmoqdalar.

“ZAMONAVIY GEOGRAFIYA: INNOVATSION RIVOJLANISHINING  ILMIY-USLUBIY ASOSLARI

“ZAMONAVIY GEOGRAFIYA: INNOVATSION RIVOJLANISHINING ILMIY-USLUBIY ASOSLARI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN ...

2023-10-27

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAK ...

Batafsil
Erasmus+ ICM  KA-171 loyhasi e'loni !

Erasmus+ ICM KA-171 loyhasi e'loni ! ...

2023-10-01

Malaga universiteti (UMA) va Urganch davlat universiteti o'rtasidagi institutlararo kelishuvga ko'ra, Ispaniyaning Malaga universitetida o& ...

Batafsil