Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



2021 yil 20 yanvar kuni Urganch davlat universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalarning oliy ta’lim tizimida ijrosi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi


UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.DavletovSeminarni UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov ochib berib, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 yanvar kuni ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar haqida" mavzusida ma’ruza qildi.

Shuningdek, seminar davomida Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari B.Abdirimov “Maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar”,

DVA Urganch filiali dotsenti Sh.Ismoilova “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirish omillari”, Yoshlar bilan ishlan, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganov “Umumta’lim maktablarida ijodiy-madaniy targ‘ibotchilar faoliyatini tashkil etish”, Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini N.Jumaniyozova “Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish”, universitet murabbiylar kengashi raisi M.Atajanova “OTMlarda mmilarni tashkil etishda murabbiylarning roli” mavzularida ma’ruza qildilar.
Seminarda OAV lari vakillari ham ishtirok etdilar.

Ulashish: