Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



"MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!


✅Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida Respublikamizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish uchun "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovi e’lon qilinadi. 

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etiladi. Har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt (https://vorislar.uz/) yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 15-fevraliga qadar davom etadi.

Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi. @UrDU_ITITFTEB