Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Job
    vacancies



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tashkil etilganligining 20 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

2022 yil 21-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag’on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan muzeyda bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Unda 2002-2022 yillar mobaynida muzeyga bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. Muzey tomonidan 2009 yildan buyon nashr etib kelinayotgan “Tarixning noma’lum sahifalari” (mas’ul muharrirlar: B.Xasanov, N.Karimov) to’plamining 10-kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.
2021 yil 25 avgustda Oliy sud tomonidan sovet davrida qatag’on qilingan 115 nafar, 2022 yil 6 yanvarda 120 nafar, jami 235 nafar shaxs oqlandi. Birgina 2022 yilning o’zida 10 ga yaqin qatag’on qurbonlari hamda o’sha davr tarixiga bag’ishlangan kitoblar nashr etildi. Tadbirda viloyatlardagi hududiy muzey direktorlari ishtirok etdilar. UrDU tuzilmasidagi "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi bilan hamkorlikda nashr qilingan "Chiroq koʻtargan ayol" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Ulashish: