Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



UrDUda texnikum o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminar-treninglari boshlandi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashabbusi bilan viloyatimizdagi texnikumlarda faoliyat yuritayotgan chet tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar o‘z ishini boshladi. Mazkur tashabbus ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Seminar-treninglarning ochilish qismida Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti dekani A.Xudayberganov texnikum o‘qituvchilari bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ushbu mashg‘ulotlar pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni doimiy professional rivojlanishga yo‘naltirishga qaratilganini alohida ta’kidladi.  Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova esa ishtirokchilarni seminar-treninglarning maqsadi, rejasi hamda kutilayotgan natijalari bilan batafsil tanishtirib, mashg‘ulotlar jarayonida nazariya va amaliyot uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilishini bildirdi.

Dastlabki mashg‘ulot Ingliz tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi S.Atajanova tomonidan “Introduction to Educational Technology in Foreign Language Classroom” mavzusida olib borildi. Unda xorijiy til darslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish, raqamli vositalar orqali o‘quvchilarning faolligini oshirish hamda ta’lim jarayonini interaktiv tashkil etish bo‘yicha muhim tushunchalar va amaliy tavsiyalar berildi. Mashg‘ulot ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.

Ma’lumot o‘rnida, mazkur seminar-treninglar haftaning toq kunlari muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular chet tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, zamonaviy ta’lim talablariga moslashish va o‘z ustida doimiy ishlashga undashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ulashish: