Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimovaning fakultetlar kesimida o‘tkazilayotgan uchrashuvlari doirasidagi navbatdagi muloqoti Fizika-matematika fakulteti jamoasi bilan o’tkazildi.
Muloqot avvalida rektor Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya tashkiloti — ASIIN tomonidan berilgan ijobiy xulosaga muvofiq, fakultetning 6 ta ta’lim yo‘nalishi muvaffaqiyatli akkreditatsiyadan o‘tganini alohida e’tirof etdi. Ushbu yutuq jamoaning ko‘p yillik samarali mehnati, izchil ilmiy faoliyati va mustahkam ilmiy maktablar shakllanganining amaliy natijasi ekani ta’kidlab, professor-o‘qituvchilarni samimiy tabrikladi. Mazkur natija nafaqat fakultet, balki universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani qayd etildi.
Uchrashuvda fakultet dekani Rasulbek Sharipov tomonidan fakultetning bugungi holati va rivojlanish ko‘rsatkichlariga bag‘ishlangan batafsil hisobot taqdim etildi.
Muloqot jarayonida rektor tomonidan fakultetda amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy loyihalar, talabalarining nufuzli xalqaro olimpiadalardagi faol ishtiroki ijobiy baholanib, ushbu yo‘nalishlarni yanada kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda yoshlarning ilm-fanga qiziqishini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida professor-o‘qituvchilarning taklif va tashabbuslari tinglanib, mavjud muammolarni tizimli hal etish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini kuchaytirish hamda fakultet faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan aniq amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

.jpg)


.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)