Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Agrotexnologiyalar texnikumiga o'qishga marhamat!


11-sinfni xamda kollejni tamomlaganlar, «Hayot davomida ta’lim olish» prinsipi asosida kamida umumiy o‘rta  ma’lumotga  ega  bo‘lgan  shaxslar  kunduzgi  va sirtqi  ta’lim  shakllarida Davlat granti va to‘lov-shartnoma  asosida  o‘qishga qabul qilinadilar.

O‘qish muddati 2 yil. Texnikumni tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi. 

Yangi o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kunduzgi kechki va sirtqi shaklda o‘qishga taklif qilamiz.

Texnikumga www.texnikum.edu.uz elektron  platformasi orqali  abiturientlarning  hujjatlari qabul qilinadi .

Qabul 2020 yil 25 avgusdan  25 sentyabrgacha davom etadi.

Texnikumlarga   elektron   platforma  orqali qo‘yidagi hujjatlar qabul qilinadi:

       1.Elektron ariza;

       2.Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;

       3.3x4 fotosurat.

Manzil:  Urganch tumani G‘oybu qishlog‘i, Hojiboylar mahallasi (Oldingi G‘oybu qishloq xo‘jalik KXK binosi)

Murojaat uchun telefonlar: +99897-360-51-33,   +99897-364-23-28, +99897-299-91-32, +99897-511-82-54