Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



5 yil stajli qabul


  O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son va 2020 yil 28 avgustdagi 3-son bayonlari qarorlarida belgilangan vazifalarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega va tegishli vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining tavsiyanomasiga asosan 2020/2021 o‘quv yilida Urganch Davlat universitetining sirtqi ta’lim shaklida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida suhbat natijalariga ko‘ra o‘qishga tavsiya etish uchun Davlat test markazining maxsus dasturiga kiritilgan fuqarolar ro‘yxati ilova qilinadi.

       Ro‘yxatda ko‘rsatilgan fuqarolarning Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganlarga suhbat 2020 yil 2 oktyabr kuni universitetning Pedagogika fakulteti binosida soat 9-00 da boshlanadi. Suhbatda fuqaro hujjat topshirgan tashkilotdan kamida 1 nafar mutaxassis ishtirok etishi lozim, aks holda suhbat o‘tkazilmaydi. Hujjat topshirgan fuqarolar zarur hujjatlari (pasport, tavsiyanoma) bilan 8-30 dan kechikmasdan kelishlari lozim.

        Ro‘yxatda ko‘rsatilgan fuqarolarning boshqa barcha ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirganlarga suhbat 2020 yil 2 oktyabr kuni universitetning Pedagogika fakulteti binosida soat 14-00 da boshlanadi. Suhbatda fuqaro hujjat topshirgan tashkilotdan kamida 1 nafar mutaxassis ishtirok etishi lozim, aks holda suhbat o‘tkazilmaydi. Hujjat topshirgan fuqarolar zarur hujjatlari (pasport, tavsiyanoma) bilan 13-30 dan kechikmasdan kelishlari lozim.