Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



2021-yil yakunlari (Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi)

2021-yilda "Buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi professor-o'qituvchilar tomonidan bir qator ilmiy va o'quv-uslubiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, kafedra mudiri N.Fayzullayev va kafedra dotsenti A.Sherovlar hammuallifligida joriy yilda “Buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” fanidan elektron darslik tayyorlandi.

Kafedra mudiri N. Fayzullayev va kafedra katta o‘qituvchisi K.Atabayevalar hammuallifligida iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Statistika” fanidan o‘quv-uslubiy qo‘llanma tayyorlanib, chop qilindi.

Kafedra dotsenti A.Sherov hammuallifligida “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari (3-modul)” darsligi,  “Xalqaro moliya munosabatlari”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari (1 modul)” hamda “Moliya (1-modul)” nomli 3 ta elektron darslik tayyorlandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining nashr guvohnomalari olindi, shuningdek elektron hisoblash mashinalari uchun mo‘ljallangan 4 ta (“Xalqaro moliya munosabatlari”, “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari (1 modul)”, “Moliya (1-modul)” hamda “Moliya va soliqlar (2-modul)” elektron darsliklari) dasturiy mahsulotlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining mualliflik guvohnomalari olindi.

Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 2021-yilda jami 20 dan ortiq  ta ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Shuningdek, kafedra dotsenti A.Sherov 2020-2021-yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908169  «O'zbekistonda auditning xalqaro standartlari asosida innovatsion audit xizmatlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada jamoatchilik asosida ishtirok etib kelmoqda. 

Ulashish: