Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi

Filologiya fakulteti haftaligi doirasida tashkil qilingan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovi bo'lib o'tdi. 

Filologiya fakultetida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni  R.N.Guntekinning "Choliqushi" hamda V.G.Korolenkoning "Paradoks" asarlari asosida tuzilgan shartlar asosida olib borildi.

Eslatib o'tamiz, mazkur ko'rik-tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, Kitob - eng yaxshi do'st, maslahatchi ekanligini tushuntirish, Kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida targ'ib qilishdan iborat.

Mazkur tadbirda fakultetning 6 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashib, hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Ulashish: