Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Kitobxonlik haftaligi" fakultetimizda ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilmoqda

Ma'lumki, butun respublikamiz bo'ylab 18-apreldan 23-aprelga qadar  "Kitobxonlik haftaligi" bo'lib o'tmoqda. 
Filologiya fakultetida mazkur haftalikni ko'tarinki kayfiyat, shijoat bilan o'tkazilishini ta'minash maqsadida "Farzandim o'qiydigan maktabga kitob sovg'a qilaman", "O'zim o'qigan maktabga kitob sovg'a qilaman", "Fakultet kutubxonasiga kitob sovg'a qilaman" shiorlari ostida aksiya  o'tkazilishi e'lon qilingan.  Ushbu aksiyani fakultet dekani, f.f.d D.G'ayipov boshlab berdi. 
"O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, dots. S.Matkarimova ham fakultet kutubxonasiga ilmiy, ommabop, badiiy kitoblar jamlanmasi sovg'a qilishdi.

Ulashish: