Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Olimalar fakultet muzeyida

Ayni kunlarda UrDU Filologiya fakultetida mehmon boʻlib turgan va talabalarga maʼruza mashgʻulotlarini olib borayotgan olimalar: Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi "Ozarbayjon-Turkmaniston-O'zbekiston adabiy aloqalari" shoʻbasining mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulvi va Qo'qon davlat pedagogika instituti professori Zeboxon Qobilovalar bugun fakultetda tashkil etilgan "Fakultet tarixi" muzeyi bilan yaqindan tanishdilar. 

Olimalar muzeyda fakultetning boy tarixi, faxriy ustozlar faoliyatiga oid ma'lumotlar, shuningdek, fakultetda amalga oshirilayotgan ma'naviy-madaniy tadbirlar va tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari, talabalarning yutuqlari, ilmiy-amaliy anjumanlar aks etgan materiallarning guvohi boʻldilar.

Esdaliklar kitobiga o'z tilak va  istaklarini yozib qoldirdilar.

Ulashish: