Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



IELTS o'qituvchilarini tayyorlash bo'yicha seminar

Joriy yilning 25-27-avgust kunlari Urganch davlat universitetining Britaniya Kengashi bilan xamkorlik shartnomasiga ko'ra "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri professor Jamila Ermetova tomonidan "IELTS Teacher training workshop" semenar-treningi tashkil etildi. Ushbu treningda Britaniya Kengashining Global IELTS eksperti Murad Ismoilov "Xorijiy filologiya" fakultetining "Xorijiy til va adabiyoti" kafedrasi o'qituvchilariga, kafedra bilan xamkorlikdagi o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilariga va talabalarga IELTS xalqaro test tizimi, uning turlari,  ushbu imtihonga tayyorgarlik ko’rish, o’qituvchilarga va talabalarga zarur bo’lgan tavsiyalar haqida to’liq ma’lumot berdi. Treningda ingliz tilini o’rganishdagi o’qish, yozish, gapirish va tinglash ko’nikmalarini rivojlantirishning samarali usullari  va zaruriy materiallarni qanday tayyorlash haqida ekspert o’z maslahatlarini berdi va treningda qatnashuvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ulashish: