Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



"Koreya madaniyati" haftaligining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 7-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Koreyaning Soon Chun Hyang universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Koreya madaniyati" haftaligining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu haftalik davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar koreys madaniyati, tili va anʼanalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbirni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Z.Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida mazkur hamkorlikning ahamiyatiga to‘xtalib, bunday tadbirlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.

O‘z navbatida, koreyalik mehmonlar ham iliq va do‘stona qabul uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. 

Yopilish marosimda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozov, loyiha rahbari J.Ermetova, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri R.Abidova ishtirok etib, loyiha doirasida faol qatnashgan koreyalik volontyor yoshlar va ularning o‘qituvchilariga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirdilar. 

Tadbirning badiiy qismida esa Xorijiy filologiya fakulteti talabalari tomonidan o‘zbek milliy madaniyatini hamda vatanparvarlikni tarannum etuvchi go‘zal chiqishlar namoyish etildi.

Do‘stlik va madaniy-ma‘rifiy aloqalarimiz hamisha bardavom bo‘lsin!

 

 

Ulashish: