Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Malakaviy amaliyot

Biotexnologiya kafedrasida ta’lim olayotgan 60811800–Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi  ta’lim yo’nalishlari 1-kurs talabalarini amaliyoti joriy yilning 07-fevraldan 25-aprelgacha belgilandi, o‘quv yili uchun malakaviy amaliyotiga qabul qiluvchi 4 ta tashkilotlar bilan shartnomalar tuzildi, amaliyotni o‘tkazish bo‘yicha qabul qiluvchi tashkilotlarni rasmiy xat bilan amaliyotni o‘tash to‘g‘risida xabardor qilindi, amaliyoti reja-jadvali va dasturi tasdiqlandi, talabalarga malaka amaliyoti hujjatlari majmuasi nashr qilindi.

Talabalar amaliyot ob’ektlarida ko’rsatilgan muddatlarda belgilangan amaliyot o’qituvchilari rahbarligida akademik guruh yoki individual holda o’tishi taqsimlangan ro’yhatni taqdim qildi. - Mazkur 60811800–Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishlari 1-kurs talabalari amaliyoti uchun jami quyidagi shaklda o’quv yuklamasi shakllantirildi. 

Bugun ya'ni 21-fevral sanasi kuni 1-kurs talabalari Xorazm Dori-Darmon" MChJ korxonasiga  amaliyot rahbari Rusatamova Dildora bilan birgalikda borib korxonadagi "Suyuq xoldagi "dori mahsulotlarni saqlash omborlari bilan tanishishdi. Talabalar bevosita korxonaning tarkibiy tuzilmasi va u yerdagi ishlab chiqarish jarayonining bir qismi bo'lib o'zlari ham faol ishtirik qilishdi.

Ulashish: