Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

  • Yashil
    Universitet



Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasi instituti delegatsiyasi UrDUda boʻldi

Bugun, 16-aprel kuni  Xitoy Ijtimoiy Fanlar Akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha instituti direktori o‘rinbosari Li Chjenli boshchiligidagi delegatsiya Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida mehmonlar bilan oliygoh rektori v.v.b S.Xodjaniyazov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Gʻ.Oʻrazboyev, Tarix kafedrasi mudiri Oʻ.Abdullayev va boshqa tegishli mas’ullar ishtirokida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda oliygohning bugungi kundagi faoliyati, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari, xususan, Xitoyning hamkor universitetlari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan turli loyihalar, almashinuv dasturlari hamda xalqaro seminarlar to’g’risida so’z yuritildi. 

Muloqot davomida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishga qaratilgan takliflar ilgari surildi. Birgalikda madaniyat, tarix va o‘zaro amaliy munosabatlar bo‘yicha xalqaro konferensiyalar tashkil etish, yozgi maktablar yoki qisqa muddatli ilmiy safarlarni ikki tashkilot doirasida tashkil etish takliflari bildirildi. Urganch davlat universitetida xitoylik talabalar tahsil olishi uchun qulay sharoitlar yaratish xususida muzokaralar olib borildi.

Ulashish: