Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universiteti hamda Istanbul Tijorat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston va Turkiya Respublikasi o‘rtasida ilmiy, madaniy va ijtimoiy aloqalar yildan yilga mustahkamlanib, o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichlariga ko‘tarilmoqda. Bugun ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasidagi qo‘shma dasturlar, akademik almashinuvlar va keng qamrovli ilmiy loyihalar bu do‘stlikning amaliy ifodasiga aylanib ulgurgan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti ham bu jarayonning faol ishtirokchisi sifatida bugungi kunda Turkiyaning 30 dan ortiq nufuzli universitetlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Natijada professor-o‘qituvchilar malakasi oshmoqda, talabalar xalqaro tajribaga ega bo‘lmoqda va qo‘shma tadqiqotlarga asoslangan innovatsion loyihalar shakllanmoqda.

18-noyabr kuni Istanbul Tijorat universiteti rektori, Prof. Dr. Necip Șimșek boshchiligidagi delegatsiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yoshlar siyosati, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi mutaxassisi Dildora Solixo‘jayeva hamrohligida UrDUga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida mehmonlarning universitet rahbariyati bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zafar Ibragimov Prof. Dr. Necip Șimșek  bilan muzokaralar olib borib, oliygohlar o‘rtasidagi imkoniyatlar, yo‘nalishlar va istiqboldagi rejalar batafsil muhokama qilindi.

Muzokaralar natijasida Urganch davlat universiteti hamda Istanbul Tijorat universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum professor-o‘qituvchilar, talabalar va amaliyotchilar almashinuvi, o‘quv-uslubiy materiallar va ilmiy ma’lumotlar bilan o‘zaro almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, seminarlar, treninglar va ilmiy anjumanlarda hamkorlikda ishtirok etish, qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish kabi qator yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. 

Ulashish: