Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktorining o‘rinbosari UrDU yoshlari bilan ochiq muloqot qildi

Bugun, 10-dekabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktorining o‘rinbosari, Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Umida Tuxtasheva Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrifi doirasida universitet Madaniyat saroyida rektor v.v.b. S. Xodjaniyazov hamrohligida talabalar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Muloqotda korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi davlat siyosati, ta’lim muassasalarida komplayens tizimining joriy etilishi va yoshlarning ushbu jarayondagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Tadbir davomida talabalarning fikr-mulohazalari, takliflari va savollari tinglandi, o‘zaro muloqot shaklida muhokamalar olib borildi. U.Tuxtasheva yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati, shaffoflik va halollik tamoyillarining kundalik hayotdagi ahamiyati borasida oʻz tavsiyalarini berdi.

Mazkur uchrashuv talabalarning fuqarolik mas’uliyati hamda huquqiy ongini mustahkamlash, korrupsiyasiz ta’lim muhitini yaratish borasida muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Ulashish: