Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



UrDUda halollik tamoyillarini targ‘ib etuvchi tanlovlar g‘oliblari taqdirlandi

Bugun Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktorining o‘rinbosari, Jamoatchilik bilan aloqalar, murojaatlar bilan ishlash va xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Umida Tuxtasheva bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotdan so‘ng, universitetda halollik va shaffoflik g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan bir qator tanlovlarning faol ishtirokchilari eʼtirof etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusidagi “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi, insholar tanlovi hamda talabalarning innovatsion fikrlashi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Startap” loyihalarning saralash bosqichlarida g‘olib bo‘lgan talabalar universitet tomonidan vaucherlar bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimi yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish jarayoniga faol jalb qilinayotgani, halollik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlashda ularning tashabbuslari e’tirof etilayotganini yana bir bor namoyish etdi.

Ulashish: