Close
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Yil ayoli – 2025” milliy tanlovining Xorazm viloyati bosqichi gʻoliblarining taqdirlash marosimi oʻtkazildi

Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Yil ayoli – 2025” milliy tanlovining Xorazm viloyati bosqichi gʻoliblarining taqdirlash marosimiga mezbonlik qildi. 

Tadbirni Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Kutlimuratova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida ayollarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, ularning ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik va boshqa sohalardagi yutuqlari yurtimiz ravnaqi uchun muhim ekanini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, jamiyatimizning turli jabhalarida faoliyat yuritib, o‘z mehnati, tashabbuskorligi va ibratli hayot yo‘li bilan alohida ajralib turgan ayollar –  “Yil ayoli – 2025” milliy tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Ularning ijtimoiy hayotdagi faolligi va yurt rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari ham eʼlon qilinib, jamiyatda gender tenglikni targ‘ib etish, xotin-qizlar faolligini oshirish hamda ijtimoiy hayotda teng imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan tashabbus va loyihalari uchun tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbir doirasida milliy liboslar koʻrgazmasi namoyishi o‘tkazilib, unda yurtimizning milliy qadriyatlarini aks ettiruvchi yorqin obrazlar taqdim etildi. 

Xorazmning xushovoz xonandalari kuy-qo‘shiqlari bilan ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashib, tadbirga o‘ziga xos zavq va ko‘tarinkilik bag‘ishlashdi.

Ulashish: