Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti — jismoniy tarbiya va sport, pedagogika hamda psixologiya sohalari bo‘yicha malakali mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan zamonaviy fakultetdir. Fakultetda ta’lim jarayoni ilg‘or pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar va amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etiladi.

 

Fakultetga dekan A. Xudayberganov rahbarlik qiladi. Professor-o‘qituvchilar jamoasi yuqori ilmiy va amaliy salohiyatga ega bo‘lib, talabalarga chuqur nazariy bilimlar bilan birga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirib kelmoqda.

 

Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi:

 

Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi

(kafedra mudiri: S. Ollaberganova);

 

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

(kafedra mudiri: M. Jumaniyozova);

 

Sport o‘yinlari kafedrasi

(kafedra mudiri: F. Masharipov);

 

Yakka kurash kafedrasi

(kafedra mudiri: N. Ruzmetov).

 

Fakultet talabalari respublika va xalqaro sport musobaqalari, ilmiy-amaliy anjumanlar hamda turli ijtimoiy loyihalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Fakultetda talabalarning intellektual, jismoniy va ma’naviy rivoji uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

 

Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi, pedagogik va psixologik bilimlarga ega, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.