Axborot xavfsizligi kafedrasi Kompyuter injiniringi fakulteti tarkibida 2022 yil tashkil topdi. Kafedra tuzilishidan maqsad O‘zbekiston Respublikasiga yuqori malakali axborot xavfsizligini ta’minlovchi mutaxasislar tayyorlashdan iboratdir. Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar professor, 1 nafar dotsent, 3 nafar katta o’qituvchi, 3 nafar assistant-o‘qituvchilar va 1 nafar stajyor-o’qituvchi pedagagik va ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra professor–o’qituvchilari tomonidan hozirgi kungacha 1 ta monografiya va 2 ta o‘quv-qo‘llanma tayyorlandi. Kafedrada jami o‘qitiladigan fanlar soni 24 ta bo‘lib, ularning ishchi dasturlari, kalendar rejalari va ma’ruza matnlari tayyorlandi. Kafedrada 60610200 - “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriyat va 70610202 – “Axborot xavfsizligi” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura talabalari tahsil olishadi. So‘nggi yillarda professor–o’qituvchilari tomonida 22 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi. Shuningdek, kafedrada 2 ta mustaqil izlanuvchilar faoliyat olib bormoqda.
Bakalavriat
60610200- Axborot xavfsizligi
Magistratura
70610202 – Axborot xavfsizligi
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar
Bakalavriatura:
- Kiberxavfsizlik asoslari
- Kiberxavfsizlik siyosati
- Dasturiy vositalar xavfsizligi
- Foydalanishni boshqarish
- Kiberhuquq va kiber-etika
- Muhandislik grafikasi
- Muhandislik va kompyuter grafikasi
- Operatsion tizimlar
- Kriptografiya 1
- Kriptografiya 2
- Operatsion tizimlar
- Tarmoq xavfsizligi
- Kriptografiyaning matematik asosi
- Foydalanishlarni boshqarish
- Ochiq kodli OT xavfsizligi
- Axborotni himoya qilishning dasturiy va apparat vositalari
- Dasturiy vositalar xavfsizligi
Magistratura:
- Biznesning uzluksizligi va avariyaviy tiklash
- Komputer kriminalistikasi
- Xavfsiz dasturiy vositalarni ishlab chiqish
- Axborot xavfsizligini boshqarish metodologiyasi
- Axborot nazariyasi va kodlash