Close
  • Колл-центр

  • Расписание
    занятий

  • Экзаменационное
    видеонаблюдение

  • Виртуальная
    приемная

  • Заявку на вакансию


Urganch Davlat universiteti kasaba uyushma qo‘mitasi

Barchamizga ma'lumki kasaba uyushma tashkilotlari xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qiluvchi  tashkilot hisoblanib, mehnatkashlarning vakolatli vakillik organi hisoblanadi.

Urganch Davlat universiteti birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasining jami a'zolari 10795 nafar bo‘lib,  shulardan  1356 nafar professor-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilarni tashkil qiladi.

Universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi  o‘z faoliyatini  O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksi , O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiya Kengashi va ta'lim, fan va madaniyat xodimlari Respublika kengashi ustavlari muvofiq xodimlar va talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va xukukiy manfatlarini himoya qilishda universitet ma'muriyati va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilganjamoa sharnomasi asosida ish olib boradi.

Jamoa shartnomasi (shartnomaga kiritilgan  qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan) 14 bob  va 132  banddan iborat bo‘lib,universitetbarcha xodimlari va talabalariga tadbiq etiladi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi  xodimlar va talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy ximoyasi borasida Jamoa shartnomasida belgilangan bandlarni bajarishda   o‘zining  yillik  ish rejasi, mablag‘larni sarflash smetasiga asosan ish olib boradi.Xodimlar va talabalarning ijtimoiy – iqtisodiy, huquqiy, mehnat sohasidagi manfaatlari himoyasini kuchaytirish, sport – sog‘lomlashtirish, dam olish, madaniy-ma'rifiy  tadbirlarni  amalga oshirish ishlariga alohida e'tibor qaratadi.

Universitetda Jamoa shartnomasiga asosan  xodimlar va talabalar faoliyatidagi yutuqlari  uchun rag‘batlantirish,bayramlar arafasida mukofotlar   belgilashda  kasaba uyushmasi qo‘mitasi  ishtiroki ta'minlanadi.

Universitetning barcha tizimlari va bo‘linmalaridagi ishlash, o‘qish, yashash joylarida  xodimlar hamda talabalarning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi sharoitlarini yaxshilash  maqsadida ma'muriyat va kasaba uyushmasi o‘rtasida «Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi»  bo‘yicha Bitim (Kelishuv) tuzilib shu asosda amaliy ishlar qilinadi.

Mehnat shartnomasini bekor qilish (ayniqsa, ma'muriyat tashabbusi bilan), talabani o‘qishdan chetlatish ishlarida kasaba uyushmasi qo‘mitasi roziligi olinadi.

Universitetda namunali mehnat qilib yutuqlarga erishayotgan    xodimlarni davlat mukofatlariga tagdim etishda   kasaba uyushmasi qo‘mitasi ishtirok  ta'minlanadi. Xodimlarning ta'til grafiklari kasaba uyushma qo‘mitasi bilan  kelishilgan holda tasdiqlanadi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan madaniy-maishiy ob'ektlar, talabalar oshxonasi  va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari faoliyatini yaxshilash borasida muntazam nazorat ishlari olib boradi.Universitet   xodimlarining sanatoriylarda salomatliklarini tiklash ishlarini tashkilashtiradi.

Shuningdek, davolanish, dori-darmonga muxtoj kam ta'minlangan xodimlarga modiy yordam ajratadi. Talabalar uyida  yashovchi talabalarning yashash, dars tayyorlash, dam olish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi hamda ular o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish uchun yaratilgan sharoitlarning axvoli o‘rganib boriladi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi tamonidan ma'naviyat soatlari rejasi ishlab chikilib,xodimlar va talabalarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida manaviyat soatlari tashkil qilinadi.

Xodimlar va talabalar o‘rtasida madaniy omaviy tadbirlari o‘tkazilib, O‘z kasbining moxir egalari, Eng faol yosh olim ko‘rik tanlovlarida va boshqa tadbirlarda ishtiroqi ta'minladi. Ichki turizmni rivojlantirishga o‘z hisasini qo‘shish maqsadida  Buxoro-Samarqand va respublikamizni boshqa shaxarlarining tarixiy obidalariga sayyoxati uyushtiriladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi rayosatining “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish Konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirish bo‘yicha kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan xodimlar va talabalarni sport-sog‘lomlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilib  xodimlar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha spartakiadalar, musobaqalar o‘tkazadi. 

Universitet kasaba uyushmasi qoshida Yoshlar komissiyasi faoliyat olib borayotgan bo‘lib, Yoshlar bilan qator tadbirlar o‘tkazishni rejalashtiradi.

Kasaba uyushma qo‘mitasi kelgusida Universitet xodimlari va talabalarini ijtimoiy ximoyasini ko‘lamini yanada kengaytirish maksadida samarali ishlar olib barmoqda.

 

Kasaba uyushma qo'mitasi bo'limi  faoliyatiga doir hujjatlar:


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI VA BOSHLANG'ICH KASABA UYUSHMA QO'MITASI O'RTASIDA TUZILGAN JAMOA SHARTNOMASI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI KASABA  YUSHMALARI TO‘G‘RISIDA

O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari uyushmasi USTAVI